Messi assistlar soni bo‘yicha 3-o‘ringa tushdi
Lissabondagi "Eshtadiu da Lush" stadionida "RB Leyptsig" hamda PSJ jamoalari bahs olib bordi. Ushbu uchrashuv parijliklarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Unda Anxel Di Mariya 2 bor assist amalga oshirdi.
E’tiborlisi, ushbu natija bilan argentinalik xavbek so‘nggi 10 yillikda EChLda amalga oshirilgan golli uzatmalar sonini 26 taga etkazdi va bu ko‘rsatgich bo‘yicha vatandoshi Lionel Messini ortda qoldirib, 2-pog‘onaga ko‘tarildi. Undan yuqorida faqat Krishtianu Ronaldu bor.
Parijliklar Chempionlar Ligasi finaliga chiqqanligi bois, argentinalikda "Yuventus" hujumchisini ortda qoldirish uchun imkoniyat mavjud. Messi va Ronaldu esa turnirni tark etib ulgurgan.
Fikrlar