Messi: Barcha "Oltin to‘p"larimni mana shu sovringa almashtirgan bo‘lardim...

  • 28 mart, 2023, 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines jamoadoshi Lionel Messi faoliyati davomida qo‘lga kiritgan barcha shaxsiy sovrinlarini bitta jamoaviy sovringa almashtirishga tayyor bo‘lganini aytdi.

Tecno

“U bilan o‘ynash ajoyib. Farzandlarim, nevaralarim ulg‘aygach, bu haqda faxr bilan aytib beraman.

Lekin, bilasizmi, biz hammamiz bir bo‘lganimizda, u faqat jamoa a’zolaridan biriga aylanadi xolos. U shunchaki Leo. Shuning uchun ham jamoadagilarning hammasi u bilan yaxshi til topishadi. Biz uning futbolda erishgan barcha narsalarini bilamiz va hurmat qilamiz. U hamiga Argentina terma jamoasi bilan g‘alaba qozonishni xohlagan.

Bir kuni u menga shunday dedi: “Faoliyatim davomida qo‘lga kiritgan barcha "Oltin to‘p"larimni birgina Amerika kubogi g‘olibligi uchun almashtirgan bo‘lardim.

U Braziliyadan qaytganimizda, kubokni qo‘lida ushlab tugan holatda shunday dedi: "Faoliyatimda xohlagan narsam shu edi".

O‘shanda men uning orzusini ro‘yobga chiqarishga yordam berganimdan faxrlanardim.

Messi o‘sha kungacha klub miqyosida barcha turnirlarda g‘alaba qozondi, ammo unga nimadir etishmayotgan edi”, - dedi Martines.

Eslatib o‘tamiz, Messi 2021 yil Braziliyada bo‘lib o‘tgan Amerika kubogida g‘alaba qozondi va keyinchalik 2022 yilda Qatar mezbonlik qilgan mundialda ham zafar quchdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!