Messi “Barsa”da qoladigan bo‘ldi! Uning fikri nega o‘zgardi?

  • 4 sentabr, 2020, 11:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ispaniyaning mashhur nashri Marca jurnalistlarining yozishicha, Lionel Messi Kataloniyada yana bir mavsum qolib, shartnomasi shartlarini oxiriga etkazib qo‘yishga qaror qilgan.

Klub rahbariyatining o‘z pozitsiyasida qat’iy turgani va futbolchini ketkazmaslik uchun jiddiy kurashgani argentinalik yulduzning o‘z qarorini o‘zgartirishga majbur bo‘lishining birinchi sababi sifatida aytilmoqda.

Ayniqsa, Bartomeu futbolchining otasi Xorxe Messi bilan bo‘lgan uchrashuvda klub pozitsiyani yaxshigina tushuntirdi. Leoning oldida sudga murojaat qilishdan boshqa imkon qolmadi. Futbolchi esa, sudma-sud yurgandan ko‘ra, yana bir mavsum chidab berishni ma’qul ko‘rdi.

Garchi, Lionel Messi yangi mavsumni “Barselona” tarkibida o‘tkazsa-da, hali yangi shartnoma bo‘yicha tomonlar qanday yo‘l tutishi mavhumligicha qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!