
Messi “Barsa”ga syurpriz yashirib ketgan ekan...
PSJ hujumchisi Lionel Messi o‘tgan yili avgustda “Barselona”ni tark etgan vaqtda jamoadoshlariga syurpriz tashlab ketgan ekan.
“Diario AS” nashrining xabar berishicha, argentinalik yulduz o‘zidan esdalik bo‘lib qolishi uchun klubning kiyim almashtirish xonasiga shaxsiy sovrinlaridan birini yashirib ketgan. Aniqroq aytganda, Lionel 2018 yili Joan Gamper kubogining hal qiluvchi bahsda eng yaxshi o‘yinchi sifatida o‘ziga berilgan sovrinni shkafining yuqori qismiga qo‘yib ketgan.
O‘sha uchrashuvda kataloniyaliklar “Boka Xuniors”nim 3:0 hisobida enggan, Messi bittadan gol va assist qayd etgan edi.
Manbaning ta’kidlashicha, Messi o‘zidan keyin bu shkafga egalik qiladigan o‘yinchi uning sovrinini topib olishini bilgan. Biroq ayni paytda Messining esdaligini kim olgani ma’lum emas.
Fikrlar