
Messi "Barselona"dan bir transferni amalga oshirishni so‘ragan, biroq...
2021 yilda "Barselona"dan ketishidan biroz oldin Lionel Messi klubdan bitta o‘yinchini transfer qilishni so‘ragan ekan. Bu haqda "Mundo Deportivo" jurnalistiga asoslanib, "Goal" nashri xabar bermoqda.
Hujumchi kataloniyaliklar uning vatandoshi - Kristian Romeroni sotib olishlarini xohlagan. O‘sha paytda Romero "Atalanta"da o‘ynayotgan va 2020-2021 yilgi mavsumda A Seriyaning eng yaxshi himoyachisi deb tan olingan edi. Ammo Messining iltimosi e’tibordan chetda qolgan.
Eslatib o‘tamiz, Messi 2021 yilning yozida PSJ bilan shartnoma imzolagan edi. "Barselona" moliyaviy qiyinchiliklar sababli argentinalik futbolchini saqlab qololmagan. Kristian Romero hozirda "Tottenxem"da to‘p tepmoqda. U Evropa Ligasining 2024-2025 yilgi mavsumida eng yaxshi futbolchi deb topildi.
Fikrlar