
Messi bir imzo bilan 500 million evro oladi
“Manchester Siti” Lionel Messini qo‘lga kiritish uchun aniq raqamlarni keltira boshladi.
“Shaharliklar” soliqlarni chiqarib tashlagan holda, argentinalik hujumchining qo‘liga besh yil davomida 500 million evro tegadigan to‘lovni amalga oshirmoqchi. Agar Messi taklifni qabul qilsa, uch yillik shartnomaga bo‘ladi va yiliga soliqlar bilan qo‘shib hisoblaganda 100 million evrodan maosh oladi.
Shartnomaga ko‘ra, Messi uch yildan so‘ng “Nyu-York Siti” jamoasida o‘ynab beradi. Bu taktika “Manchester Siti” tomonidan moliyaviy “feyr-pley”ning buzilishidan qochish uchun o‘ylab topilgan. Leoning AQShga borishi unga 250 million evro daromad keltiradi.
Fikrlar