Messi bir milliard evrolik maoshni qabul qilmadi

  • 11 noyabr, 2023, 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozda bir necha klublar Lionel Messini o‘z safiga qo‘shib olish uchun kurashdi. Jahon chempioni kutilmaganda “Inter Mayami”ni tanladi.

Endi ma’lum bo‘lishicha, Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi argentinalik to‘purarga har mavsum uchun bir milliard evro maosh taklif qilgandi. Bu haqda taniqli jurnalist Shilem Balage ma’lumot berdi.

O‘shanda Saudiya klubi rahbariyati shaxsiy samolyotda Parijga kelib, Messi vakillari bilan muzokara olib borgan.

Messining AQShga yo‘l olganidan u mo‘may daromadli shartnomani qabul qilmaganidan dalolat beradi.

“Al-Hilol” yozda o‘z tarkibiga Neymar, Aleksandar Mitrovich, Sergey Milinkovich-Savich, Kalidu Kulibali, Ruben Nevesh va Yasin Bunu kabi Evropada nom qozongan o‘yinchilarni qo‘shib oldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
$$$$$$$ $$$$$$$
11/11/2023 21:18
Messi musulmonlarni yoqtirmaydi shu bois utmadi saudiyaga
Simple Jay
11/11/2023 21:59
Турррее далбан