
Messi boshchiligidagi Argentina Avstraliyani mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi
JCh-2022 nimchorak finalidan o‘rin olgan Argentina - Avstraliya bahsi yakunlandi. Unda "albisileste" 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, 35-daqiqada Lionel Messi gol urib, hisobni ochdi. 57-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Xulian Alvares darvozabonning xatosidan so‘ng hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. 77-daqiqada Gudvin yo‘llagan zarba Entsoga tekkan holda, Emiliano Martines darvozasidan joy oldi.
Shu tariqa, Skaloni shogirdlari chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Fikrlar