
Messi boshqa sayyoradanmi?
Argentinalik mashhur himoyachi Xaver Maskerano “Barselona”dagi sobiq jamoadoshi va hamyurti Lionel Messi haqida gapirdi.
“Har doim Leo haqida gapirganda, bir hil gaplarni aytaman. Futbolda qaror qabul qilish va ijro etish mahorati muhimdir. Aksariyat futbolchilar to‘g‘ri qaror qabul qilishadi, lekin maydonda uni amalga oshira olishmaydi. Messi esa ikkalasiga ham qodir. Xuddi shu narsa u o‘ynaydigan tezlikka ham tegishli. Messi boshqacha.
Bundan tashqari Messi o‘yinni qanday nazorat qilishni biladi va buning ortidan o‘yin davomida kamida 8-10 ta vaziyat yaratadi. Messi o‘zga sayyoradan”, - deydi Maskerano.
Fikrlar