Messi endi hech qachon “Barsa”da o‘ynamaydi!
“Barselona” sobiq prezidenti Joan Gaspar klub tarixidagi eng mashhur futbolchi Lionel Messi jamoaga futbolchi sifatida qaytishiga ishonmasligini bildirdi.
- Men Messi “Barselona”ga o‘yinchi sifatida qaytishiga ishonmayman. Oilaviy sharoiti tufayli PSJda qolishi kerak, deb hisoblayman.
Messi dunyoning eng zo‘r o‘yinchisi, uning ketishi “Barselona”ga salbiy ta’sir qildi, biroq u Luish Figudan farqli o‘laroq, professionallarga xos tarzda ketdi. Messining yo‘qligi Figuning ketishidan ko‘ra, “Barselona”ga ko‘proq salbiy ta’sir o‘tkazdi, - dedi Joan Gaspar.
Ma’lumki, Kataloniya superklubi moliyaviy feyr-pley qoidalariga ko‘ra, Lionel Messi bilan yangi shartnoma tuza olmadi.

Fikrlar