Messi ertangi bahsda "Barselona"ga yordam bera oladimi? Bu savolga bosh murabbiy javob berdi

  • 12 iyun, 2020, 22:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi bosh murabbiyi Kike Seten jamoa etakchisi Lionel Messi hozir qanday formada ekanini aytib o‘tdi.

“Unda hammasi joyida va u o‘zini yaxshi his qilyapti. Ertaga uning maydonga tushmasligiga hech qanday sabab ko‘rmayapman”, - deydi Seten.

Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli argentinalik to‘purar o‘tgan hafta jamoa mashg‘ulotlarida jarohat olgan edi. “Barselona” esa karantindan keyingi ilk rasmiy uchrashuvini ertaga “Malorka”ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!