Messi Floridadan hashamatli uy oldi. U AQShga ketadimi?

  • 25.04.2021 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” etakchisi Lionel Messining oilasi Florida shtatidagi Sanni-Ayls-Bich shahridan hashamatli uy sotib oldi.

Ma’lumotlarga qaraganda, uy sotib olish ishlari bilan futbolchining otasi Xorxe Messi shaxsan o‘zi shug‘ullangan va osmono‘par binoning to‘qqizinchi qavatini to‘lig‘icha xarid qilish uchun 7,3 million dollar to‘lagan.

Messilar oilasi bundan ikki yarim yil muqaddam yangi uyidan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda Porsche Design Tower  inshootidagi kvartirani ham 5 million evroga sotib olgan edi. Uy savdosi mas’uliyatini to‘lig‘icha Xorxe Messi o‘z zimmasiga olgani aytilmoqda.

Forbes nashri Lionel Messini 2020 yilda eng ko‘p daromad olgan uch sportchidan biri sifatida qayd etgan. Mashhur futbolchi o‘tgan mavsumda 104 million dollar ishlab topgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!