Messi halol futbolchiga aylanmoqchi

  • 7 iyul, 2021, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi “Barselona” bilan shartnoma imzolash uchun asosiy talabini ilgari surdi. Unga ko‘ra, argentinalik hujumchi klub rahbariyatidan maoshlarni shaffof va ochiq to‘lashni so‘ramoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, Messi agar soliqchilar bilan muammo yuzaga keladigan bo‘lsa, bu holat uning AQShga ko‘chib o‘tishiga to‘sqinlik qilishidan xavotir olmoqda.  Chunki Leo Kataloniyadan keyin AQSh chempionatida o‘ynashni ham rejalashtirgan.

Bundan tashqari, Messi klub moliyaviy inqirozga qaramay, unga belgilanadigan maoshni to‘liq va o‘z vaqtida to‘lashni kafolatlashni talab qilmoqda.  Ma’lumki, klub xo‘jayinlari bir necha marotaba moliyaviy inqiroz tufayli o‘yinchilarning maoshini kesgan edi.

Hozirgi holatda “Barselona” Messi bilan yangi kelishuv imzolasa, maoshlar fondini 200 million evroga qisqartirishi kerak bo‘ladi. Buni amalga oshirish uchun klub bir necha futbolchilarni sotib yuborishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
07/07/2021 12:23
Эх, эссиз! Пахтакор рахбарияти Мессига шартнома таклиф килмокчи эди! Эркин агент булгани учун, унга дердийокни сотишдан тушган пулни накд килиб беришдан ташкари, Ситида бир неча квартира ва малибу ва гулнора каримадан тортиб олинган пулни беришмокчи эди. Месси инсофга келиб колган булса, энди келмайди!