Messi haqida muhim yangilik bor!

  • 2 noyabr, 2021, 08:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 “Pari Sen-Jermen” klubi hujumchisi Lionel Messi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turi doirasida “RB Leyptsig”ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi, deya xabar bermoqda jurnalist Saber Defarj Tvitterdagi sahifasida.

Manbaning xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchi tizzalari bilan bir qatorda mushaklaridagi noqulayliklarni ham boshdan kechirmoqda. Ushbu muammolar tufayli u Frantsiya chempionatining 12-turida "Lill"ga qarshi o‘yinda (2:1) tanaffusda almashtirilgan edi.

Joriy mavsumda 34 yoshli Messi PSJ safida 8 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!