
Messi: Haqiqatni aytish kerak, korruptsiya va hakamlar bizni finalga chiqishimizga yo‘l qo‘yishmadi
Argentina terma jamoasi forvardi Lionel Messi nega taqdirlash marosimida ishtirok etmaganini izohladi.
“Men medal olish uchun bormadim, chunki biz korruptsiya va hurmatsizlikning bir qismi bo‘lmasligimiz kerak. Biz ko‘prog‘iga loyiq edik, ammo bizni finalga chiqishimizga yo‘l qo‘yishmadi.
Korruptsiya va hakamlar muxlislarning futboldan zavq olishlariga yo‘l qo‘yishmadi. Futbol qurbon qilindi. Korruptsiya va hakamlar bizning finalga chiqishimizga imkon bermadi. Haqiqatni aytish kerak”, - deydi Messi.
Eslatib o‘tamiz, Argentina yarim finalda Braziliyaga qarshi bahsda 2:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Biroq, shu kuni uchrashuvni boshqarib borgan hakam juda ko‘p va qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydi. Yakunda “albasetlar” bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Fikrlar