Messi? "Inter"? Bu haqiqatga to‘g‘ri keladimi o‘zi?

  • 1 mart, 2023, 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasining sobiq himoyachisi, hozirda «Inter» vitse-prezidenti lavozimida faoliyat yuritayotgan Xaver Zanetti PSJdagi hamyurti Lionel Messining Milan klubiga ehtimoliy transferi haqida gapirdi.

Tecno

“Messining “The Best” nominatsiyasidagi g‘alabasi? Menimcha, u bunga to‘liq loyiq edi. Leo futbolni ifodalaydi.

U "Inter"ga o‘tishi mumkinmi? Bu juda qiyin va qimmat ”, - deya Zanettining so‘zlaridan iqtibos keltirdi ESPN.

Eslatib o‘tamiz, Messining parijliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. U 2021 yilning yozidan buyon PSJda o‘ynamoqda.

Lionel joriy mavsum Liga 1da 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!