
Messi "Inter Mayami"ni Chempionlar ligasiga olib chiqdi! Bunaqasi klub tarixida bo‘lmagan
Lionel Messi boshchiligidagi “Inter Mayami” o‘z tarixida ilk bor Shimoliy Amerika Chempionlar ligasida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, bugun "Inter Mayami" va "Nashvill" Liga kubogi finaliga chiqdi.
Liga kubogi klublar o‘rtasidagi turnir bo‘lib, unda AQSh va Meksika jamoalari o‘ynaydi. Bu yildan boshlab u KONKAKAF homiyligida rasmiy musobaqaga aylandi. Liga kubogining eng yaxshi uchta jamoasi avtomatik ravishda 2024 yilgi KONKAKAF Chempionlar Kubogida (avval Chempionlar Ligasi nomi bilan atalgan) ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
"Inter Mayami" ham, "Nashvill" ham ushbu turnirda ilk bor o‘ynaydi. Ular musobaqani aynan qaysi bosqichdan boshlashi 20 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan Liga kubogi finali natijasiga bog‘liq bo‘ladi. G‘olib to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 finalga yo‘l oladi.
Uchinchi o‘rin uchun kechadigan “Filadelfiya Yunion” va “Monterrey” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibi esa KONKAKAF Chempionlar Kubogiga uchinchi yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Fikrlar