Messi: "Jahon chempionatini yana yutishga harakat qilamiz"
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Jahon chempionati oldidan oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Tajribali hujumchi amaldagi jahon chempionlari yana bosh sovrin uchun kurash olib borishini taʼkidladi.
"Biz albatta harakat qilamiz. Odamlar biz bor kuchimizni berishimizga shubha qilmasliklari kerak. Terma jamoada oʻynagan barcha yillarim davomida shunday boʻlgan. Baʼzan natija chiqadi, baʼzan esa yoʻq.
Soʻnggi yillarda natijalar biz uchun yaxshi kechdi. Lekin haqiqat shuki, bu juda qiyin va har safar yanada qiyinlashib bormoqda. Biz bunga koʻnikib qolganmiz va muxlislarni ham shunga oʻrgatdik.
Yana bir bor shuni amalga oshirishga urinamiz. Bu uddalanadimi yoki yoʻq — bu futbol. Ammo bitta narsa aniq: hech kimga oson boʻlmaydi. Raqiblarimiz ham bizni engishda qiynaladi, chunki biz juda raqobatbardosh jamoamiz", — dedi Messi.
Argentina terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichida Jazoir (17 iyun), Avstriya (22 iyun) va Iordaniya (28 iyun)ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar