Messi jamoasiga taklif qilgan o‘yinchiga "Real" ham xaridor
"Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger kelgusi yozda faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.
"Standart" nashri berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, «Real» Ryudiger uchun asosiy nomzod sifatida tilga olinmoqda.
Germaniyalik futbolchi ayni dam londonliklar bilan yangi shartnoma imzolash borasida muammolarga duch kelgan. Rahbariyat jamoa kelajagini Antonio bilan birgalikda ko‘rmayapti. Tomonlar hali maosh borasida bir qarorga kelganlaricha yo‘q.
Bundan oldinroq futbolchiga "PSJ" ham qiziqish bildirgani haqida xabar berilgandi. Messining o‘zi rahbariyatga ushbu transferni tavsiya qilgani aytilmoqda.
Leo Ryudigerni yaqindan taniydi. Messi xalqaro maydonlardagi o‘zaro uchrashuvlardan so‘ng uni jamoaning o‘yinlarini sezilarli darajada kuchaytira olishiga ishonmoqda.
Qayd etilishicha, "Bavariya" ham Ryudiger bilan bog‘liq vaziyatni jiddiy kuzatmoqda.



Fikrlar