Messi Kataloniyadan futbol klubi sotib oldi

  • 16.04.2026 22:33
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona"ning sobiq hujumchisi Lionel Messi Ispaniyaning uchinchi divizionida o‘ynaydigan Kataloniyaning "Kornelya" klubini sotib oldi. Bu haqida jamoa matbuot xizmati rasmiy saytida ma’lum qildi.

"Bu qadam Messining "Barselona" bilan yaqin aloqasini va Kataloniyada sport hamda mahalliy iste’dodlarni rivojlantirishga sodiqligini tasdiqlaydi - bu aloqa uning "Barselona" klubida o‘ynagan yillarida boshlangan va bugungi kunga qadar davom etmoqda", - deyiladi "Kornelya" bayonotida.

Kataloniya jamoasi 1500 tomoshabinga mo‘ljallangan "Nou Kamp Munisipal" stadionida o‘ynaydi. Klub 1951 yilda tashkil etilgan.

2023 yildan beri Messi Amerikaning "Inter Mayami" jamoasida to‘p surmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!