Messi KONMEBOLdan uzr so‘radi

  • 21 iyul, 2019, 08:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMEBOL) Argentina futbol assotsiatsiyasidan xat oldi.

Tecno

La Nación nashri tarqatgan xabarga ko‘ra bu xatda “albasetlar” sardori Lionel Messi tashkilotdan uzr so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, Messi yaqindagina bo‘lib o‘tgan Amerika kubogining 3-o‘rni uchun o‘tkazilgan Chiliga qarshi o‘yinda maydondan chetlatilgach, KONMEBOLni korruptsiya va adolatsizlikda ayblagan edi. Shundan so‘ng Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi agar Messi ushbu so‘zlari uchun uzr so‘ramasa, uni kamida 2 yilga terma jamoadan diskvalifikatsiya qilinishini ma’lum qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Admiral_uz
21/07/2019 09:46
Qõrqoq keyingi yilgi Copa Americada õynash uchun uzr sõradingmi, Messi Argentinadan ketmasang Argentina shu yurishda yuraveradi, yo pastga ketmasdi, yo tepaga chiqmaydi