Messi La Ligada tengsiz deb topildi
La Liga matbuot xizmati yakunlangan fevral oyining eng yaxshi futbolchisi nomini e’lon qildi.
Unga ko‘ra ushbu mukofot “Barselona” forvardi Lionel Messiga nasib etdi.
Qayd etish kerakki, 32 yoshli argentinalik futbolchi o‘tgan oy La Ligada 4 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar