Messi Mbappeni tabrikladi

  • 5 mart, 2023, 22:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Lionel Messi jamoadoshi Kilian Mbappeni tarixiy rekord bilan tabrikladi.

Tecno

- Kilian Mbappeni rekord bilan qutlayman, - deb yozdi argentinalik hujumchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Mbappe Frantsiya chempionatining 26-turida “Nant” darvozasini ishg‘ol qilgan edi. Bu 24 yoshli hujumchining parijliklar tarkibidagi 247-uchrashuvida urgan 201 goli hisoblanadi. Shu tariqa, Mbappe PSJ tarixida eng zo‘r to‘purarga aylandi.

Avvalgi rekord Edinson Kavaniga tegishli bo‘lib, urugvaylik forvard Parij klubida o‘ynagan davrda 200 ta to‘p kiritgan. Kavani ham rekordini yangilagan Mbappeni chin dildan tabrikladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!