Messi munidal arafasida butun argentinaliklarni qo‘rqitdi

  • 18 noyabr, 2022, 22:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatardagi jahon chempionati boshlanishiga ozgina vaqt qoldi. Bu mamlakatga etib kelgan terma jamoalar mashg‘ulotlarga kirishdi.

Tecno

Argentina terma jamoasi etakchisi Lionel Messi Doxada tashkil etilgan mashg‘ulotni o‘tkazib yubordi. 35 yoshli futbolchi sport zalda individual tarzda shug‘ullangani ma’lum qildi.

Bu xabar Argentina terma jamoasi muxlislarini xavotirga soldi. Lekin Messining yakka tartibda shug‘ullangani jarohat bilan bog‘liq emas.

Marca nashrining xabar berishicha, Leodan tashqari Anxel Di Mariya, Rodrigo de Paul va Leandro Paredes ham umumiy guruh mashg‘ulotlariga jalb etilmagan.t

Qatardagi jahon chempionati Lionel Messi uchun faoliyatidagi beshinchisi va katta ehtimol bilan so‘nggisi bo‘ladi.  Argentinalik yulduz mundiallarda jami 19 ta uchrashuvda qatnashib, oltita gol va beshta assist qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!