Messi noma’lum qahramonlarga minnatdorchilik bildirdi
"Barselona" forvardi Lionel Messi dunyoda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashayotgan barcha shifokorlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
“Kecha jahon sog‘liqni saqlash xodimlari haftaligi o‘z nihoyasiga etdi. YuNISEF bilan birgalikda ularga qilayotgan ishlari uchun minnatdorchilik bildirib qolaman.
Ushbu noma’lum qahramonlar oilalaridan uzoq holda biz uchun koronavirusga qarshi kurashishyapti. Shunday og‘ir kunlarda ham ular homilador ayollarga g‘amxo‘rlik qilishni davom ettirishyapti, bolalar va o‘smirlarni himoya qilishyapti”, - deb yozadi argentinalik futbolchi instagramdagi sahifasida.

Fikrlar