
Messi "PSJ"ning kelgusi uchrashuvida maydonga tushadimi?
PSJ hujumchisi Lionel Messi Frantsiya chempionati 7-turidan o‘rin olgan "Metts" bilan uchrashuvda jamoasiga yordam berolmaydi.
Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. Messi "Lion" bilan bo‘lgan o‘yinda (2:1) tizzasidagi kichik jarohati bilan maydonni oqsoqlangan holda tark etgandi.
Bugun argentinalik futbolchi MRT tekshiruvidan o‘tdi va unda suyakning shikastlanish belgilari aniqlandi. Leoga 48 soat ichida tashxis qo‘yilishi kerak.
Ma’lumot uchun, "Metts" - PSJ uchrashuvi ertaga, 22 sentyabr kuni Mettsdagi "Munisipal Seynt-Simforen" stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlandi.
Fikrlar