
Messi pul mashinasimi?
La Liga prezidenti Xaver Tebas "Barselona" forvardi Lionel Messining jamoada qolganidan mamnun ekanini yashirib o‘tirmadi.
“Men Messining o‘yinlarini tomosha qilishni yaxshi ko‘raman. U pul mashinasi. Moliyaviy zarba sezilmasligi uchun biz Messi va Ronalduning ketishiga ko‘p yillar davomida tayyorgarlik ko‘rgan edik. Neymar PSJga o‘tdi, ammo bundan Frantsiya chempionati o‘sishga erishmadi. Xuddi shu narsa Ronalduning "Yuventus"ga o‘tganidan keyin A Seriyada ham sodir bo‘ldi.
Agar Messi "Barselona"ni tark etgan taqdirda ham La Liga o‘yinlarini dunyo bo‘ylab namoyish qilish huquqini sota olardik. Futbolchilar muhim, ammo baribir futbol davom etmoqda. Ronaldu va Neymar ketganiga qaramay, o‘sishda davom etmoqdamiz. Ispaniya chempionatiga ta’sir qiladigan futbolchi yo‘q”, - dedi Tebas.
Fikrlar