
Messi qachon safga qaytadi?
Xabaringiz bor, Lionel Messi jarohat olgan va to‘liq tuzalgani yo‘q. Shu bilan birgalikda, 36 yoshli futbolchi "Inter Mayami"ning bir ketma-ket o‘yinlarini o‘tkazib yubormoqda.
Argentinalik insayder Gaston Edulning xabar berishicha, hujumchi jamoasining keyingi, ya’ni "Chikago Fayr"ga qarshi o‘yinida ham maydonga tusha olmaydi. U "Tsintsinnati" bilan bo‘lib o‘tadigan bahsgacha tayyor bo‘lishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Messi Argentina - Ekvador uchrashuvida jarohat olgandi. Shundan so‘ng "Toronto"ga qarshi o‘yinning 37-daqiqasida o‘zini noqulay his qilib, maydonni tark etgan.
Fikrlar