
Messi Qatarga qarshi o‘yindan so‘ng: Jamoaga xuddi bugungidek xotirjamlik va ishonch zarur edi
Xabaringiz bor Argentina terma jamoasi kecha Kopa Amerikaning guruh bosqich so‘nggi turida Qatarni 2:0 hisobida engdi va navbatdagi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvdan so‘ng “albasetlar” etakchisi Lionel Messi o‘zining o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Biz yaxshi o‘yin o‘tkazdik. G‘alaba – biz uchun eng muhim narsa. Jamoaga xuddi bugungidek xotirjamlik va ishonch zarur edi. Biz o‘yindan-o‘yinga o‘sib borishimiz kerak. Bugungi o‘yin bunga yordam berdi”, - deydi Messi.
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi endi chorak finalda “A” guruhida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan Venesuelaga qarshi bahs olib boradi. Ushbu o‘yin 24 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar