
Messi qaysi futbol musobaqalarini tomosha qilishini aytdi
Kataloniyaning "Barselona" klubi forvardi Lionel Messi qaysi futbol musobaqalarini kuzatib borishi haqida gapirib o‘tdi.
“Men tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan musobaqalarni kuzatishga harakat qilaman. Men ko‘proq o‘zim to‘p suradigan chempionatni kuzatib boraman. Shuningdek, garchi o‘yinlar juda kech boshlansada, Argentina chempionati va Libertadores kubogini tomosha qilishga harakat qilaman. Odatda telekanallar nimani ko‘rsatsa, shuni ko‘raman”, - deydi Messi.
Fikrlar