Messi qaytadigan sana aniq bo‘ldi

  • 23 avgust, 2024, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi jarohatini davolatishni davom ettirmoqda.

Tecno

Jurnalist Ernan Klaus sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi qachon maydonga qaytishiga oydinlik kiritdi. U bergan ma’lumotlarga qaraganda, Messi hozir individual mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda va tez orada umumiy guruhga qo‘shiladi.

Ko‘pchilik Messining 1 sentyabr kuni “Chikago Fayr”ga  qarshi bahsda ishtirok etishini kutyapti. Biroq klub shifokorlari Leoni maydonga qaytarishga shoshilmasdan, uni 14 sentyabrda “Filadelfiya Yunion” bilan bo‘ladigan bellashuvgacha oyoqqa qo‘ymoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Messi 15 iyul kuni Amerika Kubogi finalida Kolumbiyaga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvning 64-daqiqasida oyog‘idan jarohat olgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!