Messi: Raqamimni qaytarib berasizlar!
PSJ bilan shartnomasi yakunlanayotgan Lionel Messi Evropa, Amerika va Osiyo klublari bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.
Xususan, argentinalik jahon chempioni oldida “Barselona” varianti ham turibdi. Ispanyaning AS nashri xabar berishicha, Lionel Messining kataloniyaliklar oldiga qo‘ygan talablaridan biri – bir vaqtlar o‘ziga tegishli bo‘lgan 10-raqamni qaytarish ekan.
Hozir bu raqam ostida “Messining vorisi”, deb tan olingan Ansu Fati to‘p tepmoqda. 20 yoshli futbolchi qaysarligini ko‘rsatdi. Fati 10-raqamni Messiga qaytarishdan bosh tortgani aytilmoqda.
Shuningdek, “Barselona” jarohatlardan keyin avvalgi darajasiga chiqa olmagan bu o‘yinchidan qutilmoqchi. Ansuning o‘zi Kataloniyada qolishini ta’kidlamoqda. Uning shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etadi.



Fikrlar