
Messi Ronaldu haqida: "Real" qanday qilib bir mavsumda 50 ta gol uradigan futbolchini qo‘yib yubordi?
“Barselona” klubi forvardi Lionel Messi asosiy raqobatchisi Krishtianu Ronalduning “Real”dan nega “Yuventus”ga ko‘chib o‘tgani borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Men o‘tgan mavsum boshida bu haqda gapirganman, “Real”ning esa bundan jahli chiqqan va bu to‘g‘ri.
Aytingchi, bir mavsumda 50ta gol uradigan futbolchini qanday qilib qo‘yib yuborish mumkin? Natijada, “Real”da ham xuddi Ronaldu ketgan jamoalarda sodir bo‘lgan voqealar sodir bo‘ldi.
Tabiiyki, La Ligaga u etishmayapti. Kuchli futbolchilar ligani raqobatbardoshligini oshirishadi. Uning bu erda o‘ynagani yaxshi bo‘ldi, chunki biz o‘zaro raqobat sabab har yili o‘sishga erishardik”, - deydi argentinalik futbol yulduzi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2009-2018 yillarda “Real” safida to‘p surgan.
Fikrlar