Messi Ronalduning tarixiy rekordini yangiladi
Kataloniyaning "Barselona" klubi forvardi Lionel Messi bugun "Real Sosedad"ga (1:0) qarshi o‘yinda gol urdi va jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Opta Jose nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli argentinalik futbolchi La Ligadagi 474-o‘yinda 438-golini urdi. Shu tariqa Messi Evropaning top-5 chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylanib oldi.
Qayd etish lozimki Messi bu borada "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi. 35 yoshli portugaliyalik futbolchi 540 ta o‘yinda raqiblari darvozasiga 437 ta gol urgan.

Fikrlar