Messi so‘nggi 13 yillikning eng yaxshi dribbling sohibi!

  • 18 noyabr, 2019, 13:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" forvardi Lionel Messi oxirgi 13 yil ichida 1880 marotaba raqiblarini aldab o‘tgan. Bundan 57,2% qismi omadli o‘tgan.

2006/07 yilgi mavsumdan boshlab Opta kompaniyasi futbolchilar raqiblarini aldab o‘tishlarini hisoblashni boshlagan. Bu borada, Messi top-5 ligalar ichida eng yaxshi dribblingchi ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Kuchli uchlikka "Real" yarim himoyachisi Eden Azar (1220, 57,1%) va "Fiorentina" futbolchisi Frank Riberi (939, 47,9%) kirishdi.

Top-5 ligalarning eng yaxshi top-10 dribblingchilari ro‘yxati:

1. Lionel Messi ("Barselona") – 1880 obvodok, 57,2%

2. Eden Azar ("Real") – 1220, 57,1%

3. Frank Riberi ("Fiorentina") – 939, 47,9%

4. Serxio Aguero ("Manchester Siti") – 832, 46,6%

5. Krishtianu Ronaldu ("Yuventus") – 816, 44%

6. Xoakin ("Betis") – 798, 50,9%

7. Xatem Ben-Arfa (Erkin agent) – 770, 50,6%

8. Andres Inesta ("Vissel Kobe") – 739, 60,9%

9. Roberto Firmino ("Liverpul") – 736, 56,8%

10. Neymar (PSJ) – 734, 50,2%

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!