
Messi tanqidlar girdobida qolgan jamoadoshini himoya qildi
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi jamoadoshi Lautaro Martinesni qo‘llab-quvvatladi. "Inter" forvardi JCh-2022da hali birorta gol ura olmadi. So‘nggi ikki turda futbolchi zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.
"Lautaro biz uchun juda muhim futbolchi. U hujumchi va urgan gollari bilan yashaydi. Martines kutayotgan narsasiga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rishi muhim", - dedi Messi.
Eslatib o‘tamiz, hujumchi kechagi Avstraliyaga qarshi o‘yinda qulay imkoniyatlardan gol ura olmagani uchun tanqidlarga uchragandi.
Fikrlar