
Messi va Mbappeni nimalar kutmoqda?
PSJ xo‘jayini Nasser Al-Xelaifiy jamoa yulduzlari – Lionel Messi va Kilian Mbappe kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
- Hozir Qatarda jahon chempionati davom etmoqda. Hammaning e’tibori shu musobaqaga qaratilgan. Messi va Mbappe jahon chempionatining eng zo‘r o‘yinchilaridan bo‘lishi kerak. Mundial tugaganidan keyin ular bilan uchrashib, kelajakdagi rejalarni muhokama qilamiz, - dedi klub prezidenti.
Argentinalik yulduzning amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakunlanadi.
Kilian Mbappe esa, yozda parijliklar bilan yangi bitim imzolab, 2025 yilning 30 iyunigacha poytaxtda qolishga rozilik bergan. Biroq, 23 yoshli hujumchi klub rahbariyatidan norozi ekani va ketishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqatilgan.
Fikrlar