Messi va Neymar Frantsiya chempionatining eng yaxshi futbolchilari emasmi?

  • 3 yanvar, 2022, 11:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Get French Football News sayti Frantsiya chempionatining eng yaxshi futbolchilari reytingini e’lon qildi.

Reytingning 1-o‘rnida "Lans" hujumchisi Seko Fofana qayd etilgan bo‘lsa, 2-o‘rinni "Pari Sen-Jermen" hujumchisi Kilian Mbappe egalladi. Kuchli uchlikni "Lion"ning braziliyalik yarim himoyachisi Lukas Paketa yakunlab berdi.

E’tiborlisi, PSJning ikki yulduz hujumchisi - Lionel Messi kuchli uchlikdan, Neymar esa kuchli o‘nlikdan ham joy olmadi.

Quyida Get French Football News talqininga ko‘ra Frantsiya chempionatining top-10 futbolchilari bilan tanishib olishingiz mumkin:

  1. Seko Fofana ("Lans")
  2. Kilian Mbappe (PSJ)
  3. Lukas Paketa ("Lion")
  4. Lionel Messi (PSJ)
  5. Bendjamen Andre ("Lill")
  6. Teje Savane ("Monpele")
  7. Dimitri Payet ("Marsel")
  8. Janluiji Donnarumma (PSJ)
  9. Markinos (PSJ)
  10. Jonatan Devid ("Lill").

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!