Messi va Ramos hech qachon do‘st bo‘lmaydi!

  • 14 mart, 2022, 10:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Taqdir taqozosi bilan PSJga kelib qolgan Lionel Messi va Serxio Ramos Ispaniya chempionatidagi faoliyatida ikki bir biriga qarshi jamoalar – “Barselona” va “Real” sardorlari sifatida uzoq yillardan beri raqobatlashib kelgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ular yangi sharoitda ham bir biri bilan do‘stlashib keta olmas ekan.

L'Equipe nashrining klub ichidagi manbasiga tayanib bergan ma’lumotiga ko‘ra, Serxio Ramos Parij klubiga ko‘chib o‘tganidan keyin barcha jamoadoshlari bilan do‘stlashib ketgan. Biroq, Messi bundan mustasno va ispan himoyachisi argentinalik hujumchi bilan masofa saqlab, munosabat qilmoqda.

Bosh murabbiy Maurisio Pochettino esa, mashg‘ulotlardagi ikki tomonlama o‘yinlarda ularni bir-biriga qarshi qo‘ymaslik uchun bir guruhda o‘ynatishga harakat qilib kelayotganiga alohida e’tibor qaratilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!