Messi va Ronaldu faqat EChL finalida to‘qnash kelishi mumkin
Unda jamoalar nafaqat chorak finaldagi raqiblarini, balki, yarim final bosqichidagi potentsial raqiblarini ham bilib olishdi.
Unga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu to‘p suradigan "Yuventus" faqatgina finaldagina Lionel Messi o‘ynaydigan "Barselona" bilan to‘qnash kelishi ma’lum bo‘ldi.
«Tottenxem Xotspur» (Angliya)/«Manchester Siti» (Angliya) — «Ayaks» (Niderlandy)/«Yuventus» (Italiya)
«Barselona» (Ispaniya)/«Manchester Yunayted» (Angliya) — «Liverpul» (Angliya)/«Portu» (Portugaliya).
Chorak finalning dastlabki bellashuvlari 9 va 10 aprel kunlari, javob bahslari esa 16 va 17 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.
Yarim final o‘yinlari esa 30 aprel -1 may, 7-8 may kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Fikrlar