Messi va yana 50 futbolchini Saudiyada kutishmoqda

  • 15 aprel, 2023, 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronalduning “An-Nasr”ga o‘tgani Saudiya Arabistoni futboliga ijobiy ta’sir o‘tkazgan ko‘rinadi.

Tecno

ESPN  jurnalistlarining xabar berishicha, Saudiya klublari yozda Evropada nom qozongan futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olishga qaror qilgan. Birinchi navbatda, arablar Lionel Messini olib kelishga harakat qiladi.

Manbaning ta’kidlashicha, bu mamlakatning baquvvat klublari kuchli beshlik chempionatlarida o‘zini ko‘rsatib kelayotgan 50 nafar o‘yinchiga shartnoma berishga tayyor.

Nishondagi mashhur futbolchilar orasida Roberto Firmino, Ilkay Gyundog‘an, Adama Traore, Yerri Mina, Abdulay Dukure kabi yulduzlar bor.

Saudiya Arabistoni klublari 8 nafar legionerni ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. Hozir deyarli barcha jamoalarda bu limit to‘lgan. Arablar Evropadan keladigan yulduzlarni olish uchun  jamoalar tarkibida katta tozalash ishlarini boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!