
Messi yana bir cho‘qqini zabt etdi
“Inter Mayami” forvardi Lionel Messi MLSning navbatdagi turida “Orlando Siti” jamoasi darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qilib, mayamiliklarning 5:0 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
Statistika mutaxassislarining ma’lum qilishicha, argentinalik yulduz milliy chempionatlarda kiritgan gollari sonini 500 taga etkazib oldi.
Lionel Messi “Barselona”da o‘ynab yurgan davrlarida Ispaniya chempionatida 474 ta gol urgan. Shuningdek, ikki mavsum davomida Frantsiya chempionatida PSJ uchun 22 ta to‘p kiritdi. Nihoyat, AQShga ko‘chib o‘tganidan keyin MLSdagi gollari sonini to‘rttaga etkazib oldi.
Lionel Messi umumiy hisobda klublar miqyosida jami 891 marotaba maydonga tushib, 722 ta gol va 345 ta assist muallifi bo‘lgan.
Fikrlar