Messi yana ikkita gol bilan Ronalduning rekordini barbod qiladi
“Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi faoliyati davomida urgan gollarini 900 taga yetkazish arafasida turibdi.
Planet Football ma'lumotiga ko‘ra, ayni paytda argentinalik futbolchining hisobida klub va xalqaro darajadagi 1139 ta o‘yinda 898 ta gol bor. Taqqoslash uchun, Krishtianu Ronalduning 900 ta goldan iborat marrani zabt etish uchun 1236 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Agar Messi navbatdagi uchrashuvda yana ikki bor to‘p kiritasa, u mazkur marraga Ronalduga nisbatan 96 ta o‘yin kam sarflagan bo‘ladi va yangi rekord o‘rnatadi.
“Inter Mayami” navbatdagi bahsini 7 martdan 8 martga o‘tar kechasi o‘tkazadi. MLS doirasida Messi jamoasi safarda “Di Si Yunayted”ga qarshi maydonga tushadi.
Qayd etish joiz, Krishtianu Ronaldo faoliyati davomida 900 ta rasmiy gol urgan tarixdagi birinchi futbolchi hisoblanadi. Ayni paytda 41 yoshli hujumchi gollari sonini 1000 taga yetkazishga harakat qilmoqda.
Fikrlar