Messi yangi jamoaga otlanmoqda

  • 22 dekabr, 2020, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” etakchisi Lionel Messining yangi jamoaga ko‘chib o‘tish ehtimoli katta ekani haqida xabarlar tarqatila boshladi.

Tecno

 Argentinalik hujumchining o‘zi unga “Manchester Siti”, “Inter” va PSJ qiziqayotganidan xabardor qilingan. Ma’lumotlarga qaraganda, Messi faoliyatini Italiyada davlom ettirishga moyil bo‘lmoqda.

Unga asosiy da’vogar bo‘lgan “Manchester Siti” xo‘jayini shayx Mansur ibn Zayd Ol Naxayon bosh murabbiy Xosep Gvardiolaga Lionel Messi yoki uch nafar yangi futbolchi olinishini mumkinligini bildirgan. Ispaniyalik mutaxassis yoshi o‘tib qolgan sobiq shogirdidan ko‘ra, o‘zi mo‘ljallab yurgan yosh va baquvvat o‘yinchilarni tanlashi kutilmoqda.

Shuningdek, PSJ etakchilari Neymar va Kilian Mbappe agar Messi jamoaga olib kelinsa, o‘zlari ham shartnomani uzaytirishga va’da bergan.   

Messining shartnomasi yozda yakuniga etadi. Hali uning Kataloniyadagi kelajagiga oydinlik kiritilgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!