
Messi "Yuventus"ga o‘tishi kerak
"Everton" yarim himoyachisi Xames Rodriges "Barselona"ning sobiq hujumchisi Lionel Messi “Yuventus”ga o‘tishi kerak, deb hisoblaydi.
"Messi Krishtianu Ronaldu bilan birga o‘ynash uchun "Yuventus"ga o‘tishi kerak. Bu bomba bo‘ladi. Ko‘plab muxlislar bu haqida orzu qilishadi", - dedi Xames.
Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli Messi bir oydan buyon erkin agent hisoblanadi. "Barsa" payshanba kuni kechqurun Leo jamoadan ketganini e’lon qildi.
Argentinalik uchun kurashda PSJ favorit, deb hisoblanmoqda. Parijliklar unga yiliga 50 million evro maosh taklif qilgan.
Fikrlar