
Messidan zo‘r futbolchi bor ekan
Braziliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Kafu "Barselona"da to‘p surayotgan hamyurti Neymar jahonning eng zo‘r futbolchisiga aylanishini ishonch bilan ta’kidladi.
- Neymar - ajoyib futbolchi, - dedi Kafu. - Lionel Messi futbol o‘ynaydimi - yo‘qmi, bundan qat’iy nazar Neymar jahonning eng kuchli charm to‘p ustasiga aylanadi. Chunki Neymarda hali o‘yin sifatini bir necha barobari oshirish salohiyati bor.
Neymarning o‘zi esa bir necha marotaba Lionel Messini dunyoning eng zo‘r futbolchisi deb tan olgan.
Fikrlar