Messiga ingliz tili kerak emas, u bilan gaplashmoqchi bo‘lgan jamoadoshlari ispancha o‘rganyapti

  • 25 oktabr, 2023, 16:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter Mayami” futbolchisi Edison Askona qiziq ma’lumotni oshkor qildi. Uning aytishicha, jamoadagi o‘yinchilar Lionel Messi bilan suhbatlashish uchun ispan tilini o‘rgana boshladi.

Tecno

- Men biror marta Messi ingliz tilida gapirganini eshitmadi. Ba’zan u “Good morning” (Xayrli tong) iborasini ishlatadi xolos. Ingliz tilida gaplashib yurganlar Messi bilan muloqot qilish uchun  endi ispanchani o‘rgana boshladi, - deydi Edison Askona.

Lionel Messi faoliyatining katta qismini “Barselona”da o‘tkazgan. Keyin ikki mavsum PSJda o‘ynadi.

Argentinalik jahon chempioni o‘tgan yoz “Inter Mayami safiga qo‘shildi. Yangi jamoasida Messi jami 14 ta o‘yinda qatnashib, 11 ta gol va beshta assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!