Messiga ishonch so‘nyapti

  • 19.07.2020 12:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentina terma jamoasining sobiq darvozaboni Ugo Gatti “Barselona” etakchisi Lionel Messi haqida gapirdi.

- Bugungi kunda Karim Benzema raqibi Messidan ustun. Futbolni tushungan odam borki, Messi o‘zini yaxshi his qilmayotganini ko‘ra oladi. Benzema jamoasiga Messidan ko‘ra ko‘proq naf keltirmoqda.

Hozirgi Messi odamlar ko‘rishni istagan futbolchi emas. U chaqnay olmayapti. Bu mantiqan to‘g‘ri, 33 yoshdan keyin pasayish bo‘ladi.  U buni engib o‘tishi kerak. Lekin maydon uzra uchib yuradigan avvalgi Messini endi hech qachon ko‘rmaymiz. 30 yoshdan keyin sportchilarning jismoniy imkoniyatlari pasayadi, faqat talant qoladi xolos, - dedi Gatti.

Joriy mavsumda Lionel Messi barcha turnirlarda 26 ta gol urdi. Bungacha argentinalik hujumchi 30 tadan kam gol urmas edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!