Messiga yana bir xaridor chiqdi. Ularning maqsadi jiddiy

  • 05.11.2020 12:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” hali Lionel Messi bilan amaldagi shartnomasi uzaytira olgani yo‘q. Argentinalik hujumchiga "Manchester Siti" va PSJ da’vogarlik qilayotgandi.

Endi da’vogarlar safiga “Inter” ham qo‘shildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, milanliklar Messiga maxsus shartnoma tayyorlayapti. Ular taklif qilayotgan maosh va sharoitlar manchesterliklar va parijliklarnikidan qulay bo‘lishi aytilmoqda.

Messining kataloniyaliklar bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi va u yanvardan boshlab, boshqa jamoalar bilan muzokara o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!