Messini Amerikaga yuborish kerak, Verratti esa ko‘cha futbolchisi! Yoxud Jurnalist PSJ qachon zo‘r bo‘lishini aytdi

  • 10 mart, 2023, 11:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Jurnalist Daniel Riolo PSJ hujumchisi Lionel Messini "Inter Mayami"ga jo‘natib yuborish kerakligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan kuni Parij grandi Chempionlar ligasi 1/8 final javob o‘yinida "Bavariya"ga (0:2) mag‘lub bo‘ldi va turnirni tark etdi.

"Messini «Inter Mayamiga» yuboring, shunda hammasi ajoyib bo‘ladi. Marko Verrattini esa “Peskara”ga qaytarib yuboring va hammasi o‘z joyiga tushadi. Quvonarlisi, Zeman yana “Peskara”ga qaytdi, bu esa Marko uchun yaxshi imkoniyat.

Verratti barbekyu eyish, dengiz bo‘yida sayr qilish, kokteyl ichish va sigaret chekish imkoniyatiga ega bo‘ladi. U xotirjam bo‘ladi va boshqa hech kimni bezovta qilmaydi. Va keyin u do‘stlari bilan o‘ynaydi. Chunki u ko‘cha o‘yinchisi. Buni bir necha yillardan buyon aytib kelaman, Verratti ko‘cha futbolchisi! Yillar davomida u haqida eshitganim meni g‘azablantirdi. Bu g‘alati!" - dedi Riolo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!